Xorijga safarga ketishdan oldin fuqaroga nisbatan cheklovchi holatlar mavjud yoki mavjud emasligini onlayn aniqlash imkoniyati mavjud.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Buning uchun shaxsiy sahifa ochilgan bo‘lishi kerak. Sahifani qanday ochish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma bu yerda.

Portalga kirgach, qidiruv tizimiga “vaqtincha cheklov qo‘yilganligi…” kalit so‘zlarini kiritgach kerakli sahifa shakllanadi.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosgach, keyingi sahifada pasport ma’lumotlari paydo bo‘ladi.

Kerakli so‘rovni to‘ldoirgach, “yuborish” tugmasini bosib, ekranda natijalarni ko‘rish mumkin.

Tizim avtomatik tarzda ijro hujjatlari asosida natijalarni chiqaradi.

Shuningdek, mazkur xizmatdan Majburiy ijro buyurosining rasmiy saytidan ham foydalanish mumkin.

Saytga kirgach “Respublikadan chiqishga cheklov” bo‘limi orqali JSHSHIR raqamini so‘ralgan joyga kiritib, kerakli ma’lumotni olish mumkin.

cheklov, mib, qo'llanma, xorijga chiqish, yagona portal

Agar fuqaroda cheklov mavjud bo‘lsa ekranda shakllanadi. Agar mavjud bo‘lmasa bunday hujjat topilmagani bildiriladi.

Xizmatdan Yagona portal yoki byuro saytidan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Kimlar va qanday odamlarga ta’qiq qo‘yilgan bo‘lishi mumkin?

Mamlakatni tark etish uchun vaqtincha cheklanishga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shulardan asosiysi, zimmasidagi alimentni to‘lamagan qarzdorlarga nisbatan qo‘yiladigan cheklovdir.

Ikkinchidan, agar fuqaro qasddan yoki bilmasdan soliq to‘lamasa yoki qarzni yuridik/jismoniy shaxsga qaytarmasa, ta’qiqlash uchun asos qarzdorlik hisoblanadi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish uchun havola.

Majburiy ijro buyurosi orqali foydalanish uchun havola.


Avvalroq “Spot” soliq qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumotni qanday onlayn olish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.