To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi banknotlar hamda tangalarni qabul qilish va almashtirib berish muddati uzaytirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu o‘zgartirish fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

Unga ko‘ra, aholi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali almashtirib olishlari mumkin.

Avvalroq eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan pul belgilarini amaldagi pul belgilariga almashtirish muddati 2023 yilgacha qilib belgilangandi.


Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan himoya qogʻozi ishlab chiqarish boʻyicha yangi texnologiya patentlangani haqida xabar berilgandi.