Toshkent shahrining 4ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 14-iyun kuni poytaxtning Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy hamda Chilonzor tumanlaridagi quyidagi hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Yashnobod tumani — “Shoxsanam”, “Katta Yangiobod”, “Aviasozlar”, “Navro‘zobod”, “Parvoz” hamda “Dilbog‘” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani — “Bog‘iston” MFYning 4 ta ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
- Yakkasaroy tumani — “Muqimiy” MFY hududida soat 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani — “Do‘mbirobod” hamda “1-Charx Kamolon” MFYlari hududida soat 18:00 gacha.
Bu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
1-avgustga qadar 2023-yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinishi belgilangandi.