Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozorida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

May oyida ko‘chmas mulk bozori faollikning oshishi bilan ajralib turdi. Agar aprel oyida oldi-sotdi bitimlari soni 20,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, oy davomida sotuvlar 26%dan oshdi va bitimlar soni 25 mingta bitimdan oshdi.

Eng katta o‘sish Navoiyda — 37%, Farg‘onada — 36% va Sirdaryo viloyatlarida — 33% qayd etildi.

O‘tgan yilning may oyiga nisbatan uy-joy oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlari soni 28,5%ga oshdi.

cerr, ko'chmas mulk bozori, may oyi, tahlil

Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining o‘zgarishi

May oyida poytaxtda ijara narxlarining biroz oshishi kuzatildi. Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 0,9%ga oshib, 1 kv.m. uchun $9ni tashkil etdi.

Tumanlar kesimida ijaraning 1 kv.m. uchun eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur ($11,5), Yakkasaroy ($11,3) va Mirobod ($11,8) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtimizning Uchtepa ($7,4), Sergeli ($6,5) va Bektemir ($5,8) tumanlarida kuzatildi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi 8%ga qimmatlashdi. Yil boshidan beri o‘rtacha ijara narxi 12,1%ga kamaydi.

Shuningdek, 2022 yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 17%ga qimmatlashdi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Agar aprel oyida 1 kv.m uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi 1,7%ni tashkil etgan bo‘lsa, may oyida ikkilamchi uy-joy narxi 2,5%ga oshdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 23%ni tashkil etdi.

Yil boshidan buyon uy-joy narxining sezilarli darajada oshishi Navoiy — 34,3%, Sirdaryo — 29,8% va Namangan — 28,9% viloyatlarida kuzatildi.

Poytaxtda bir oy davomida ikkilamchi uy-joy narxi aprel oyidagi 2,4%ga nisbatan 1,7%ga oshdi.

Ikkilamchi uy-joy uchun nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Yunusobod (4,4%), Yashnobod (2,7%) va Olmazor (2,3%) tumanlarida qayd etildi.

cerr, ko'chmas mulk bozori, may oyi, tahlil

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan poytaxtda ikkilamchi ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar 27%dan oshdi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda uy-joy ijarasi bozorida taklif 40%ga oshgani haqida yozgandi.

Mutaxassislar ijara bozorida taklifning bunday o‘sishini o‘tgan yilning bahor va kuz oylarida O‘zbekistonga kelgan rossiyaliklarning ketishi bilan izohlamoqda.