Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziya olganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 25 ming baravari etib belgilandi.

Oldin mazkur xizmatni amalga oshirish uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 140 ming baravarini tashkil etgan.

Shuningdek, quyidagi xizmatlar uchun litsenziya olishda to‘lanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:


Faoliyat turiOldingi miqdorYangi miqdor
BHMmln so‘mBHMmln so‘m
1
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish
340
112,2
170
56,1
2
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish
20
6,6
10
3,3
3
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish
20
6,6
10
3,3
4
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish
150
49,5
75
24,7
5
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish
150
49,5
75
24,7

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.