“Yandex” kompaniyasi “Yandex SpeechKit” dasturiga oʻzbek tilidagi nutqni tanib olish va sintez qilish imkoniyatini qoʻshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

“Yandex SpeechKit” call-markazlari va nutq tahlillarini avtomatlashtirishga, shuningdek ovozli yordamchilarni yaratishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, haqiqiy ma’ruzachining ovozini oldindan yozib olinib, modelni oʻrgatish uchun dasturchilar minglab soatlik audio va ularning transkriptlaridan iborat ma’lumotlar toʻplamini yaratdi.

Neyron tarmoq nafaqat nutqni, balki soʻzdagi tovushning xususiyatlarini koʻrsatadigan fonemik yozuvni ham sintez qilishi mumkin boʻlib, bu murakkab familiyalar va qarz iboralarni talaffuz qilishda yordam beradi.

Ma’lum qilinishicha, “Yandex SpeechKit” oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlarini, masalan, “x” harfining tovushini ham hisobga oladi.

“YandexCloud” mahsulotlari direktori Grigoriy Atrepyevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda nutq texnologiyalari bozori hajmi yiliga 395 mln daqiqa qayta ishlangan nutqqa yetishi mumkin.

Uning qoʻshimcha qilishicha, oʻzbek tili “Yandex SpeechKit” vositasi ishlaydigan 16-til hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” “Yandex” matn orqali tasvirlarni yaratuvchi neyron tarmoq prototipini ko‘rsatgani haqida yozgandi.

Neyron tarmoq rus va ingliz tillarida so‘rovlarni tushunadi, taniqli rassomlarga taqlid qilishi, turli badiiy uslublarda ishlashi mumkin.