Avvalroq “Click” to‘lov tashkiloti “Uzum” kompaniyalar guruhi tarkibiga kirgani ma’lum qilingandi.
Tomonlar integratsiyalashuv bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risida shartnomani imzolagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan kompaniyalarning birlashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.
“Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 16−17-moddalariga ko‘ra, agar bitim ishtirokchilari aktivlarining umumiy qiymati yoki ularning yillik daromadi BHMning 100 ming (33 mlrd so‘m) baravardan oshsa, monopoliyaga qarshi organlarning dastlabki roziligi talab qilinadi.
Xususan, “Bugungi kun holatiga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga „Click“ umummilliy to‘lov tashkiloti „Uzum“ kompaniyalar guruhi bilan birlashishi bo‘yicha bitimga oldindan rozilik olish yuzasidan murojaat kelib tushmagan”, deyiladi xabarda.
Dastlabki o‘rganishlar jarayonida “Click” to‘lov tashkiloti “Uzum” kompaniyalar guruhi bilan birlashishi to‘g‘risida rasmiy ravishda bitim tuzilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, 13-iyun holatiga “Click” umummilliy to‘lov tashkiloti ta’sischilari ro‘yxatiga o‘zgarishlar kiritilmaganligi qayd etilgan.