Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bo‘lajak IT-maslahatchilarni bepul tayyorlash kursining ikkinchi bosqichiga arizalar qabulini e’lon qildi. Bu haqda assotsiatsiya xizmati xabar bermoqda.
Tayyorlash kursining asosiy ta’lim yoʻnalishlari:
- raqamlashtirish (loyihalarni boshqarish);
- ma’lumotlarni boshqarish;
- elektron tijorat: narxlarni belgilash va bozorlar bilan ishlash;
- raqamli marketing;
- kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun Fintech: raqamli ekotizimlar, CHATGPT va noan’anaviy moliyalashtirish vositalaridan foydalanish.
Tayyorlash kursida ishtirok etish bepul boʻlib, 18-iyundan 20-iyungacha davom etadi.
Unda ishtirok etish uchun 2023-yil 17-iyundan kechiktirmay havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.
Avvalroq “Spot” “Google” raqamli marketing bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.
Kursda jami 26 ta modul mavjud bo‘lib, ishtirokchilar qisqa video darsliklar orqali onlayn marketing haqida ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega.
Xususan, raqamli marketing maqsadlarini rejalashtirish, onlayn marketing strategiyasining afzalliklari, onlayn bozorga kirish, raqobatchilarning marketing strategiyalarini tahlil qilish va raqobatbardosh marketingni qo‘llash o‘rgatiladi.
Bundan tashqari, veb-saytlarni qanday ishlab chiqish, bir vaqtning o‘zida ko‘proq iste’molchiga qanday ega bo‘lish mumkinligi haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin.
Darslarning barchasi “Google” trenerlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, amaliy mashqlar va real misollar bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, darslar yakunida viktorinalar taqdim etiladi.
Kurs ishtirokchilariga yakunda bepul sertifikat taqdim etiladi hamda uni olish uchun 40 savoldan iborat yakuniy imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi.
Unda ishtirok etish uchun havola orqali ariza jo‘natish kerak.
Arizalarni qabul qilish muddati va ishtirok etish cheklanmagan. Batafsil ma’lumot bu yerda.