2023-yilning birinchi choragida O‘zbekistondan Rossiyaga 600 mingdan ortiq mehnat muhojiri borgan. Bu haqda Jahon bankining Migratsiya va taraqqiyot bo‘yicha global bilimlar hamkorligi (KNOMAD) tashabbusi bilan tayyorlangan hisobotida ma’lum qilindi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, dastlabki uch oyda Oʻzbekistondan Rossiyaga 630 ming muhojir kelgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 72%ga oshdi.

Mazkur davrda Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari soni esa 350 ming nafarni tashkil etib, ularning soni 40%ga oshgan.

Shuningdek, Qirgʻiziston (taxminan 173 ming), Armaniston (47 ming) va Qozogʻistondan (35 ming) kishi Rossiyaga ishlash uchun borgan.

Avvalroq yanvar-mart oylarida oʻzbekistonliklar Rossiyaga kirish boʻyicha yetakchi boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Bu davrda oʻzbekistonliklarning mamlakatga tashriflari soni 81%ga oshib, 818 mingtani tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinda Qozogʻiston (604,5 ming) va Tojikiston (516,4 ming) turibdi.


Avvalroq “Spot” 2022-yilda 1,45 mln o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun borgani haqida yozgandi.

Keyingi o‘rinlarda Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari mazkur mamlakatga kelish maqsadi sifatida ishlashni ko‘rsatgan.