“Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirish uchun arizalarni onlayn jo‘natish imkoniyati mavjud.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin.

Qidiruv tizimiga “ijtimoiy himoya yagona reyestri” kalit so‘zini kiritgach, kerakli sahifa ochiladi.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosgach esa arizachi haqida ma’lumotlar shakllanadi.

Unda so‘ralgan ayrim ma’lumotlarni kiritgach keyingi qadamga o‘tish mumkin.

Keyingi qadamda oilada mavjud chorva mollari va parrandalari haqida ma’lumotlarni kiritish zarur.

Undan keyingi bosqichda esa oila a’zolarining jadvalini kiritish so‘ralgan bo‘ladi.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Ariza jo‘natilgach, qabul qilingani yoki rad etilgani haqidagi xabarni portal orqali bilib olish mumkin.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarga ayrim ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bepul yoki imtiyozli ravishda ko‘rsatiladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” xorijga chiqishga cheklov bor yoki yo‘qligini qanday aniqlash mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.