Dog‘istonning “Domalogika” kompaniyasi O‘zbekistonga uran qazib olish uchun o‘lchash datchiklarini yetkazib beradi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.
Kompaniya O‘zbekistonning “Energopribor” kompaniyasi bilan Dog‘istonda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha $3,5 mln.dan ortiq summaga shartnoma imzoladi.
“Ushbu kelishuv sanksiyalar bosimiga qaramay, Rossiyada ishlab chiqarilgan tovarlar eksporti va yetkazib berish yo‘nalishini qayta yo‘naltirish doirasida juda dolzarbdir”, — deyiladi mintaqa eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi xabarida.
“Domalogika” bosh direktori Xasay Yusupanovning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma Dog‘iston eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi ko‘magida imzolangan.
“Biz uran qazib oluvchi korxona uchun chuqur gidrostatik datchiklar, shuningdek, avtomatlashtirilgan relelarni yetkazib beramiz”, — deydi Yusupanova.
Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Texnonikol” kompaniyasi O‘zbekistonga qurilish materiallarini eksport qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Sanksiyalar doirasida kompaniya mahsulot eksportini Yevropa Ittifoqidan Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga qayta yo‘naltirmoqda.