Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Qayd etilishicha, ish stajini jamg‘arish uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdorini kamaytirish va uni ixtiyoriy asosga o‘tkazish orqali ishchilarni qonuniylashtirishga erishish rejalashtirilgan.
Qonun loyihasi fevral oyida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va iyun oyida Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan.
Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.
Avvalroq “Spot” uyali aloqa operatorlari uchun soliq to‘lovi 5 barobardan ko‘proqqa kamaytirilgani haqida yozgandi.