Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan reyd davomida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida, davlat manfaatlariga 9 mlrd 661 mln 402 ming so‘mlik zarar keltirilgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan departamentning Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“K.a.” rahbari M.A. korxonaning Uchko‘prik tumanidagi yordamchi xo‘jaligida go‘yoki kompyuter texnikalarini ta’mirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona “Antminer” mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulagan.

Natijada 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan.