Prezidentning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, 28-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi tegishli farmoni bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 29−30-iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Avvalroq “Spot” “Silk Avia” Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalariga 30%gacha chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.
Chegirmalar 27-iyundan 2-iyulgacha mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan 50%gacha chegirma e’lon qildi.
Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.
Bundan tashqari “Uzbekistan Airways” Yoshlar oyligi munosabati bilan 15% chegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Chegirma 9−30-iyun kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi.