Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘natildi.

Navoiy IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kW soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ushbu yashil stansiyadan foydalanish orqali korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratiladi.

Avvalroq “Farg‘ona IEM"da 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


Avvalroq “Spot” “To‘raqo‘rg‘on IES"da quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani haqida yozgandi.

Mazkur stansiyada yiliga 1,9 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.