Oʻzbekistonda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar uchun soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi joriy etiladi. Bu bo‘yicha prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish bo‘yicha xalqaro shartnoma 2022-yil 11-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida imzolangandi.
U savdoni osonlashtirishga qaratilgan bo‘lib, unda tomonlar tovarlar va transport vositalarining harakatlanishi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni almashadilar. Bu bojxona nazoratining chastotasi va muddatlarini qisqartirishga yordam beradi
Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Avvalroq Turkiya bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinishi haqida xabar berilgandi.
Bu bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlangan. Mazkur bitim o‘tgan yili 29-mart kuni Toshkentda imzolangan.
Hujjat bilan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.