Turkiyaning “Turan Teknoloji” fintech startapi boshqa turkiy tilli mamlakatlar bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Trend.az” nashri.

Birinchi bosqichda kompaniya Ozarbayjonda sho‘ba korxonasini ochib, Turan ilovasi orqali pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygan, dedi nashrga mahalliy “United Payment” kompaniyasi direktori Edgar Abdullayev.

Abdullayevning soʻzlariga koʻra, kelgusida, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda “Turan"ning vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.

Kompaniya bu turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va ular o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini soddalashtiradi deb hisoblaydi.

Startap veb-saytida Oʻzbekiston transferlar uchun kelajakdagi ynalish sifatida ta’kidlangan.

Xizmat allaqachon 6 ta tilda, jumladan o‘zbek va rus tillarida mavjud.

Turan pul o‘tkazmalaridan tashqari to‘lov funksiyalarini ham taklif etadi. Shuningdek, ilova Turkiyada istiqomat qiluvchilar va migrantlar uchun tibbiy sug‘urta va ish qidirish kabi qator xizmatlarni taqdim etadi.


Avvalroq “Spot” qanday qilib O‘zbekistonni fintech markaziga aylantirish mumkinligi haqida ekspert fikrini yozgandi.