Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Fuqarolarining xorijga safar maqsadlari:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 1,4 mln kishi;
- dam olish — 195 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 17,1 ming kishi;
- davolanish — 10,8 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 5,5 ming kishi.
Avvalroq joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 2,6 mln.ni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.
Xususan, 5 oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng koʻpi Tojikistonga toʻgʻri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 797,8 mingdan ortiq sayyoh kelgan.
Undan keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (656,5 ming) va Qirgʻiziston (649,5 ming) fuqarolari turibdi.
Sayyohlar koʻp tashrif buyurgan davlatlar beshligini Rossiya (279,8 ming) va Turkiya (39,5 ming) yakunlab berdi.
Shuningdek, mazkur davrda Turkmaniston (21,2 ming), Janubiy Koreya (12,4 ming), Hindiston (12,3 ming), Xitoy (9,6 ming) hamda Germaniyadan (9,5 ming) ham sayyohlar oqimi kuzatilgan.
Birinchi chorakda Oʻzbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 2 mlndan oshgandi.
Mamalakatga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha shakllangan:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 1,7 mln;
- dam olish — 185,9 ming;
- xizmat yuzasidan — 38,6 ming;
- davolanish — 22,7 ming;
- tijorat — 14 ming;
- o‘qish maqsadida — 4 ming.
Avvalroq “Spot” mart oyida davlat rahbari turizm sohasida rivojlantirish bo‘yicha topshiriq va vazifalar belgilagani haqida yozgandi.