Bir necha yil oldin Zakiya Dalimova “Pillowtalk” brendi ostida yostiqlar yasagan. Bu jarayonda u odamlar uning mahsulotini sevishini tushundi.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, u kengayish va rivojlantiishga qaror qildi va “Walkntalk” tabiiy matolaridan kiyimlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

“9-sinfda amerikalik yozuvchi Margaret Mitchellning „Shamol bilan o‘tgan“ romanining barcha qismlarini o‘qiganman. Bu mening kitobga bo‘lgan muhabbatimning boshlanishi edi”, deb eslaydi u.

Zakiya qariyb 10 yillik kitob mutolaasi tajribasi orqali uning hayoti va tafakkurini o‘zgartirgan, hozir o‘qiyotgan asarlari va o‘zining sevimli kitoblari haqida “Spot” bilan o‘rtoqlashdi.


“Hayot uchun katta beshlik” Jon Streleki

Kitob yengil, ammo falsafiy. Albatta uni bemalol o‘qish kerak. Roman dunyodagi eng muvaffaqiyatli odamlardan birining so‘nggi kunlari haqida hikoya qiladi, sizga o‘z taqdiringizni qanday boshqarishni o‘rgatadi va hayotiy ishingizni topishga yordam beradi.

Menga muzey kuni haqidagi parcha yoqadi, qahramonlardan biri muallifdan: “Bugun ertalab muzey kuni uchun to‘g‘ri vaqtmi?” Agar har kuni, oy, yil bizning hayot muzeyimizga tushsa va o‘limdan keyin barchamiz ushbu muzeyning yo‘laklari va zallari bo‘ylab yura olsak, qanday bo‘lar edi?

Kitobdan bir iqtibos xotiramda saqlanib qoldi: “Umringizning oxirida shunday muzeyni kezib o‘tish qanday bo‘lishini tasavvur qiling. Bizning merosimiz qanday yashashni orzu qilganimizga emas, balki haqiqatda qanday yashaganimizga asoslanishini bilsak, o‘zimizni qanday his qilgan bo‘lardik? Tasavvur qiling-a, agar jannat yoki keyingi hayot biz uchun o‘z muzeyimizda abadiy ekskursiya bo‘lib xizmat qilsa, qanday bo‘lardi?”

kitoblar tavsiyasi, walkntalk, zakiya dalimova


“Poyabzal sotuvchisi”, Fil Nayt

“Nike” asoschisining avtobiografiyasi. Unda “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” haqida hech qanday gap yo‘q. Aksincha, kitobda muallif barcha qiyinchilik va sa’y-harakatlarni baham ko‘radi.

Ularning barchasi “Nike"ni hammamiz biladigan darajaga yetkazish uchun qo‘llanilgan.

Bu kitob sizga hammasi qanday boshlanganini aytib beradi. $30lik logotipni chizgan ofitsiant bilan nima sodir bo‘lganligi, “NASA” aeronavtika muhandisi mashhur Air Maxni qanday yaratganligi, dunyoni zabt etgan kompaniya hayotidan boshqa ibratli va nihoyatda samimiy hikoyalar.

Kitobni tadbirkorlik yo‘lini boshlagan yoki boshlashni rejalashtirganlar o‘qishi shart.

kitoblar tavsiyasi, walkntalk, zakiya dalimova


“Pixar. Qayta ishga tushirish”, Lourens Levi

“Pixar” moliya direktori tomonidan yozilgan kitob. U kompaniyadagi ishini bankrotlik yoqasida bo‘lganida boshlagan va uni bugungi kunda hammamiz biladigan darajaga olib chiqqan.

Kitob “Pixar” asos solgan biznes intizomi, ijodiy ruh va insoniy qadriyatlarni juda nozik birlashtiradi va muvozanatlashtiradi.

Qiziqarli fakt: multfilmning oxirida kadr yozuvida “Babies Pixar” alohida bo‘limi mavjud bo‘lib, unda ushbu multfilmni yaratish paytida tug‘ilgan bolalarning barcha ismlari ko‘rsatilgan.

kitoblar tavsiyasi, walkntalk, zakiya dalimova


Men hamma narsaga „ha“ degan yil!”, Shonda Rayms

Juda ajoyib kino prodyuseri — Shonda Rayms tomonidan yozilgan kitob. Qizig‘i shundaki, kitobda bu ajoyib ayol butunlay boshqacha rolda namoyon bo‘ladi.

U o‘zining haqiqiy hayoti haqida bezaksiz, imperiya qurayotgan ayolning hayoti, shu bilan birga u ona va hayotni sevadigan qiziqarli inson haqida gapiradi.

Kitob juda yengil, kulgili, sodda tilda, yurakka yetib boradi. Menga Shondaning o‘z ishiga bo‘lgan muhabbati, ayol kuchi, orzu qilmasldan bajarish haqida gapirishi juda yoqadi.

kitoblar tavsiyasi, walkntalk, zakiya dalimova


“Kvant jangchisi. Kelajak ongi”, Jon Kexo

Hozir men ushbu kitobni o‘qiyapman. Hech bo‘lmaganda ongni kengaytirish uchun hamma uni o‘qishi kerak deb o‘ylayman.

Kitobda aytilishicha, sizning barcha istaklaringiz biron bir sababga ko‘ra sizning boshingizda paydo bo‘ladi.

Va siz nimanidir xohlayotganingizda, u allaqachon qayerdadir, kvant haqiqat yo‘laklaridan birida paydo bo‘lgan.

Sizning maqsadingiz kvartira, mashina, ma’lum miqdorda pul bo‘lishi mumkin. Va vazifa shunchaki bu yo‘laklarga borishning eng qisqa yo‘lini topishdir.

Sizning cheklovchi e’tiqodlaringiz, qo‘rquvlaringiz, xafagarchiliklaringiz, toksik muhit va boshqalar yo‘lingizni to‘sib qo‘yadi.

kitoblar tavsiyasi, walkntalk, zakiya dalimova