Rossiyaning bir nechta brend restoran tarmoqlari Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Armanistonda o‘z bizneslarini rivojlantirish niyatida, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri Moskva restoran bozorining Ombudsmani, “Goʻsht va baliq” tarmogʻi asoschisi Sergey Mironovga tayanib.
Xususan, “Shokoladnitsa”, “Yakitoriya”, “Osteria Mario”, “Shvili” va boshqalar.
Mironovning soʻzlariga koʻra, korxonalar asosan MDH bozorlariga franchayzing modeli orqali chiqmoqchi.
“Boshqa mamlakatlarda franshizani nazorat qilish, ularning qonunchiligi bilan ishlash, mualliflik huquqlarini saqlab qolish qiyin. Lekin hozir masala qayta ko‘rib chiqildi, biz shunday xulosaga keldikki, bular bizga yaqin bozorlar, rus tilida gapiradigan bizga yaqin odamlar bo‘ladi”, — dedi Mironov.
Uning ta’kidlashicha, MDH bozoriga kirishga qaror qilingan va hozir mavjud bo‘lgan franshizalarni sotib olish bo‘yicha so‘rovlar ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur davlatlarda ijara haqining bir necha baravar arzonligi va kerakli jihoz hamda mahsulotlarni topishda qiyinchiliklar yo‘qligi ularda qiziqish uyg‘otmoqda.
Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida yozgandi.
Mazkur tarmoq “McDonald's” mavjud bo‘lmagan MDH mamlakatlari bozorlariga kirishni rejalashtirmoqda.