“Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasi o‘zining mobil ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda aviatashuvchi asochisi “Uzbekistan Airports” ma’lum qildi.

Mobil ilova orqali yo‘lovchilar chiptalar sotib olishi, parvoz holatini kuzatishi, onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, keyingi yangilanishda yo‘lovchilar parvozlar haqida bildirishnomalarni o‘rnatishlari va kechikishlar, yo‘laklar o‘zgarishi va boshqa muhim e’lonlar haqida so‘nggi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

“Silk Avia” mobil ilovasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida hozirda rasmiy “Google Play” ilovalar do‘konida Android platformasidagi mobil qurilmalar foydalanuvchilari uchun mavjud. Tez orada iOSda ishlovchi qurilmalar uchun ham paydo bo‘ladi.

Aviakompaniya xizmatlari va tariflari bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki +99855 501 22 12 telefon raqamidagi aloqa markazida ham tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalariga 30%gacha chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.

Chegirmalar 27-iyundan 2-iyulgacha mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi.