“Yashil Energiya” va Xitoyning “Tongwei Solar” kompaniyasi o‘rtasida umumiy quvvati 300 MWgacha bo‘lgan fotoelektr modullarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Modullar ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlariga o‘rnatiladi.

Joriy yilda mazkur obyektlarda 220 MVt quvvatga ega fotopanellar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida prezident qaroriga muvofiq “Yashil Energiya” tashkil etildi.

Kompaniya qayta tiklanadigan energiya qurilmalari uchun binolar tomidagi maydonlarni bepul ijaraga olish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar bilan qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini oldi.


Avvalroq “Spot” jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasini sotish tartibi haqida yozgandi.