“Uzbekistan Airports” yagona aloqa markazi Toshkent xalqaro aeroportida xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qila boshladi.
Endi yo‘lovchilar telefon orqali “ANOR” va “CIP” zallari, shuningdek “Fast Track” xizmatini xarid qilishlari mumkin.
Ushbu xizmatlarni xarid qilish uchun +998555014750 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz va operatorga yo‘lovchining to‘liq ismi, jo‘nab ketish sanasi, parvoz raqami va aloqa telefonini aytishi kerak.
Ko‘rsatilgan telefon raqamiga xizmat tavsifi va “Payme” to‘lov tizimi orqali to‘lash uchun havola ko‘rsatilgan SMS yuboriladi.
Agar “Payme” mobil ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, to‘lash uchun karta ma’lumotlarini kiritish lozim.
Aeroportda yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatiladigan joyga murojaat qilishi, parvoz raqami va to‘liq ismini ko‘rsatishi kerak.
Bu tarzda “UZCARD” yoki “Humo” bank kartalari orqali xizmatlar uchun, milliy valyutada to‘lov amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, yo‘lovchilar barcha turdagi xizmatlarni jo‘nashdan oldin terminal kassalarida xarid qilishlari va to‘lovlarni, shu jumladan naqd pulda va Visa, Mastercard hamda boshqalar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Yaqin kelajakda O‘zbekistonning boshqa xalqaro aeroportlarida ham xizmatlar uchun haq to‘lashning ushbu usulini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airports” “Fast Track” xizmati uchun to‘lovlarni Telegram-bot orqali ham qabul qilishni boshlagani haqida yozgandi.
Bu xizmat yordamida yo‘lovchilar reysga ro‘yxatdan, bojxona va pasport nazorati hamda parvoz oldi tekshiruvlardan navbatsiz o‘tishlari mumkin.