“I2BF Global Ventures” investitsion direktori Denis Kalishkin olib boruvchi “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 10-oqimiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Kursning maqsadi bo‘lajak va joriy venchur investorlarni, biznes farishtalarni, korporatsiyalarning akseleratorlar va innovatsiyalar bo‘limlari xodimlarini, shuningdek, startap asoschilarini tayyorlashdan iborat.
4 hafta davomida kurs ishtirokchilari venchur kapital qo‘yilmalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Treningda venchur kapital fondi asoslari va uning qanday ishlashidan tortib, startaplarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va venchur fond portfelini boshqarishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mavzular yoritiladi.
Shuningdek, kurs startap uchun bozor va raqobat tahlili, bitimning asosiy shartlari, investitsiya memorandumi va Due Diligence jarayoni kabi mavzularni ham qamrab oladi.
Nazariy qismdan tashqari, ishtirokchilar Lotin Amerikasi venchur bozorini tahlil qilish va Twitch investitsiya memorandumini o‘z ichiga olgan guruhli amaliy tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu talabalarga olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va venchur kapital qo‘yilmalari sohasidagi tajribalarini chuqurlashtirish imkonini beradi.
Onlayn kurs venchur kapitalidagi martaba byicha qo‘shimcha mustaqil o‘quv materiallari va vebinarlarni taklif qiladi. Ishtirokchilar, shuningdek, Denis Kalishkinning o֯‘zidan savollar berishlari va javob olishlari mumkin bo‘lgan onlayn sessiyalarda ham qatnashadilar.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-iyungacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Avvalroq “Spot” “Google” texnologiya sohasi bo‘yicha dasturiga xotin-qizlardan arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-iyungacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.