Rossiyaning “Helix” laboratoriya xizmati O‘zbekistonda birinchi diagnostika markazlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” nashri xabar berdi.

Nahsrning qayd etishicha, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda franchayzing ostida diagnostika markazlari va kontaktsiz laboratoriya punktlarini ochish niyatida.

Hamkor ochishi kerak boʻlgan shoxobchalar soni mamlakatga qarab 30 tadan 100 tagacha. Aholisi koʻp boʻlgan mamlakatlarda shoxobchalar ochish boʻyicha koʻrsatkichlar koʻproq.

“Masalan, Oʻzbekistonda 350 ga yaqin savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirganmiz. Franshiza birinchi 10 diagnostika markazi va 30 punktni mustaqil ravishda ochishi kerak, shundan keyingina u subfranshizani sotishi mumkin”, deya tushuntirdi “Helix” matbuot xizmati vakili.

Laboratoriya tarmogʻi bosh direktori rinbosari Daria Goryakinaning szlariga kra, yangi franshiza punktlarini ochish uchun mamlakatlarni tanlash Rossiyaga xshash mentalitet, til tsiqlarining yqligi, shuningdek, bu yerda biznesni rivojlantirishni xohlaydigan rossiyalik relokantlar bilan bogʻliq.

Dastlabki bosqichda Helix zining Rossiya laboratoriyalarida tadqiqot olib boradi yoki xorijiy hamkorlar xizmatlaridan foydalanadi.

"Helix" laboratoriya xizmati 1998-yilda tashkil etilgan. U 3,6 mingdan ortiq tadqiqot ishlarini bajaradi. Tarmoq Rossiya, Belarus va Qozogʻistonda 750 dan ortiq diagnostika markazlari va laboratoriya punktlarini z ichiga oladi.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning bir nechta restoran tarmoqlari O‘zbekistonga franshiza orqali kirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.