Avvalroq Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati O‘zbekistonda faoliyatini ylga qo‘yishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
22-iyun kuni taksi xizmati Toshkentda faoliyatini boshlagani haqida ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab sen bizning ilovamizdan foydalanishing va o‘z qoidalaring bo‘yicha harakat qilishing mumkin” — deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, taksi xizmatini birinchi marta buyurtma qilganlarga safar narxi uchun 35%gacha chegirma taqdim etiladi.
Taksi xizmati ilovasini havola orqali yuklab olish mumkin.
“Uklon” — Ukrainadagi eng yirik onlayn taksi chaqiruvi va yetkazib berish xizmati. Kompaniya o‘z faoliyatini 2010-yilda boshlagan va hozirda Ukrainaning 28 ta shahrida o‘z vakolatxonalariga ega. Uklon orqali mashinaga buyurtma berishda siz taklif qilingan sayohat narxini sozlashingiz mumkin.