Tahrirlandi: Ilon Maskning onasi Mey Mask “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi.
“Aslida men jangni bekor qildim. Men ularga bu haqda hali aytmadim. Ammo har ehtimolga qarshi jang bekor qilinganini aytishda davom etaman”, deb yozdi Maskning onasi “Twitter"da.
Ilon Mask Mark Sukerbergni sport oktagonidagi jangga taklif qildi, deb yozadi “Kommersant FM”.
Mark Sukerbergga tegishli “Meta” kompaniyasi o‘tgan yili Mask tomonidan sotib olingan “Twitter” bilan raqobatlashadigan “Threads” platformasini yaratmoqchiligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
“Agar u rozi bo‘lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.
O‘z navbatida, “Facebook” asoschisi taklifni qabul qildi va “Instagram"da “Menga joylashuvni yuboring” deb yozdi.
Agar amerikalik milliarderlar o‘rtasidagi jang bo‘ladigan bo‘lsa, Ilon Mask bo‘yi va vazni bo‘yicha Markdan o‘zib ketadi, deydi kuzatuvchilar. Biroq Mark Sukerberg jiu-jitsu turnirlarida tajribaga ega.
“Twitter” egasi ham o‘zining jangovar texnikasi bilan o‘rtoqlashdi: “Menda „morj“ deb ataydigan ajoyib texnikam bor, men shunchaki raqibimning ustiga yotib, hech narsa qilmayman”.
22-iyun holatiga ko‘ra, “Bloomberg Billionaires Index” reytingida Mask $232 mlrd bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sukerberg $103 mlrd bilan atigi o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq “Spot” avvalroq Ilon Maskning Neuralink startapi 2023-yil oxirigacha o‘z chiplarini odamlarda sinab ko‘rishni boshlashi haqida yozgandi.