O‘zbekistonda kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi, xabar beradi O‘zbekiston istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
21-iyun kuni agentlik tomonidan “Lockton Hub” MChJga O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi.
Kompaniya ta’sischisi “Lockton Solution LLC-FZ” (Dubay, BAA), texnik hamkori esa “Distributed Lab” kompaniyasi hisoblanadi.
“Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida ushbu havola orqali foydalanish uchun ochiq hisoblanadi”, deyiladi agentlik xabarida.
KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, “Lockton Hub” 2023-yil may oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, kompaniya ustav fondi 10 mln so‘mni tashkil qiladi.
Kripto-aktivlar sohasidagi provayderlarni litsenziyalash tartibi 2022-yil avgust oyida belgilangan edi.
Xizmatlar provayderlari faoliyatining turlari kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kondan iborat bo‘lib, xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat O‘zbekiston rezidentlari — yuridik shaxslariga beriladi.
Litsenziya berish talablari bu yerda