YouTube videolarni boshqa tillarga avtomatik dublyaj qilishni sinovdan o‘tkaza boshladi.

Kompaniya xizmati ustida “Google Area 120” inkubatorida ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “Aloud” jamoasi bilan ishlamoqda, deb xabar bermoqda “The Verge” nashri.

Kompaniya sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan dublyaj xizmati Aloud jamoasi bilan funksiya ustida ishlamoqda.

Aloud” video yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan. U birinchi navbatda muallifga tahrir qilinishi mumkin bo‘lgan rasshifrovkani taqdim etadi. Shundan so‘ng u matnni tarjima qilib, dublyajni yozadi.

“YouTube” vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ovoz ijrosi muallifning ovoziga imkon qadar o‘xshash va lablar harakati bilan hamohang bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Hozirda “YouTube” bu vositani “yuzlab” ijodkorlar bilan sinovdan o‘tkazmoqda. Hozircha u faqat ingliz, ispan va portugal tillarini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo kelajakda ko‘proq tillarni qamrab olishi kutilmoqda.


Mart oyida “YouTube"ning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Bu boʻyicha prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari va AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Google” kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi, shuningdek, koʻplab blogerlarning “YouTube” monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olindi.