Qurbon Hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
29-iyun kuni “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi:
- Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
- Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
26-iyun kunidan 3-iyul kunigacha “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi":
- Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
- Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
26-iyun kunidan 3-iyul kunigacha “Toshkent — Namangan — Toshkent” yo‘nalishi:
- Toshkent 9:13 — Namangan 14:18;
- Namangan 15:38 — Toshkent 20:27.
26, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari “Toshkent — Xiva” yo‘nalishi:
- Toshkent 16:28 — Xiva 7:10.
27, 29-iyun va 1, 3-iyul kunlari “Xiva — Toshkent” yo`nalishi:
- Xiva 8:28 — Toshkent 00:30.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.