Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Stansiyada energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini quyosh panellaridan qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur yashil stansiya ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha 1,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ushbu fotoelektr stansiyasiga monokristall turidagi 1500 dan ortiq panellar o‘rnatilgan bo‘lib, stansiya “On Grid” rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
Avvalroq “Spot” Navoiy IESda quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.
Mazkur stansiyada yiliga 1,8 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘natildi.
Navoiy IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kW soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.