Ayni paytda oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichi uchun abituriyentlardan arizalar qabul qilinmoqda.

Hujjatlarni Yagona portal hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi sayti orqali topshirish mumkin.

Agentlik sayti orqali hujjat topshirganda saytga kirgach, “ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib, telefon raqam va parolni kiritish kerak.

Shuningdek, parolni takroriy hamda arifmedik ifoda qiymatini yozish kerak.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosgach, telefon raqamga jo‘natilgan tasdiqlash kodini kiritish kerak.

Undan keyingi sahifada pasport ma’lumotlarini kiritib, saqlash tugmasini bosgandan keyin doimiy yashash manzili haqidagi ma’lumotlar shakllanadi.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Agar unda qandaydir xatolik kuzatilsa yoki o‘zgarishlar bo‘lsa, ma’lumotlarni tahrirlash mumkin.

Navbatdagi qadamda tamomlangan ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni kiritish kerak.

Bunda tamomlangan ta’lim muassasasi joylashgan hudud, muassasa turi va nomi, tamomlangan yil hamda hujjat seriyasi va raqamini yozish zarur.

Agar muassasa topilmasa “boshqa o‘quv yurti"ni tanlab, tamomlangan o‘qish joyini yozma ravishda kiritish mumkin.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Joriy yilgi bitiruvchilar ma’lumotlarni kiritishi shart emas, ularning ma’lumotlari tegishli vazirlik va idoralarda real vaqt rejimida olinadi.

Barcha ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limiga o‘tish kerak.

“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosgandan keyin, navbatdagi qadamga o‘tiladi.

Agar abituriyentda chet tili bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, “Chet tili sertifikati” tugmasini bosib, unda so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Shuningdek, chet tili sertifikatining elektron variantini qo‘shish kerak. Agarda boshqa turdagi imtiyozlar mavjud bo‘lsa avtomatik ravishda shakllanadi.

Bundan tashqari, umumta’lim fanlari bo‘yicha ham milliy sertifikat mavjud bo‘lsa undan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish mumkin.

Undan keyingi qadamda umumiy ma’lumotlar kiritiladi. Ya’ni ustuvorlikni va maqsadli qabul bo‘yicha tanlovni belgilash kerak.

Test topshirish hududi, ta’lim tili hamda test topshirish alifbosini ham kiritish zarur.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Shundan so‘ng beshtagacha yo‘nalish tanlash mumkin bo‘ladi.

Bunda birinchi ta’lim shakli, oliy ta’lim muassasasi hamda yo‘nalish tanlangach, fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan turli ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati ochiladi.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Shundan so‘ng, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa tegishli xorijiy tillardan biri tanlanadi.

Barcha ma’lumotlar kiritib bo‘lingach saqlash tugmasini bosib, telefon raqamga yana bir marotaba tasdiqlash uchun kod jo‘natiladi.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Undan keyin ma’lumotlar tasdiqlanib, qayd varaqasi shakllanadi. Unda esa yuqorida kiritilgan barcha ma’lumotlar keltiriladi.

Arizalarni qabul qilish muddati tugagunicha (20-iyul) ma’lumotlarni qayta tahrirlash mumkin.

Yagona portal orqali hujjat topshirish jarayoni ham shu tarzda amalga oshiriladi.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Qidiruv tizimiga “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” kalit so‘zlarini kiritib, kerakli sahifani topish mumkin.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali jarayonni amalga oshirish mumkin hamda unda manzil, tamomlangan ta’lim muassasasi, imtiyozlarga oid ma’lumotlar ketma ket to‘ldiriladi.

Undan keyin oliy ta’lim muassassini tanlash mumkin.

bakalavriat, hujjat topshirish, otm, qo'llanma, yagona portal

Darvoqe, har ikkita xizmat orqali ariza topshirish pullik bo‘lib, bunda BHMning 50%i ya’ni 165 ming so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

Kimlar xizmatdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega? Bunda quyidagi toifa egalari test sinovlarida ishtirok etish uchun bepul ariza jo‘natishlari mumkin:

  • test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini tamomlaganlar;
  • I, II va III guruh nogironligi bo‘lganlar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilganlar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar;
  • to‘liq davlat ta’minotidagi insonlar.

Bilim va malakalarni baholash agentligi sayti orqali hujjat topshirish uchun havola bu yerda.

Yagona portal orqali ariza topshirish uchun havola bu yerda.


Avvalroq “Spot” yagona reyestrga kirish uchun qanday onlayn ariza jo‘natish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.