Yil boshida Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda tashkil etilishi belgilangan avtomobilsozlik klasteriga $700 mln.lik investitsiya kiritiladi.
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida o‘tkazilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan $80 mln investitsiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi.
Shuningdek, $130 mln investitsiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi.
“Bundan tashqari, koreyalik hamkorlar bilan birgalikda, $235 mln.lik loyiha doirasida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 200 ming donaga yetkaziladi”, — dedi nomzod.
Avvalroq joriy yilning to‘rt oyda O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillar soni 2,5 mingdan oshgani ma’lum qilingandi.