Qozog‘iston Rossiyaga ko‘mir yetkazib berish hajmini kamaytirmoqda, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Ko‘mir yetkazib berish hajmini kamaytirilishi, Rossiyada ichki bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan ko‘mir yetkazib berilishining hajmini oshirilishi bilan bog‘liq.

Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvaridan apreligacha Rossiyaga eksport hajmi 5,5 mln tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8%ga kamdir.

Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi Sanoatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Turar Jolmagambetovning ma’lum qilishicha, Rossiyaning ko‘mir kompaniyalari o‘z ko‘mirlarini ichki bozorda arzon narxlarda taklif qilmoqda.

Rossiyaga yetkazib berishlar qisqarganiga qaramay, Qozogʻiston konlari va rossiyalik isteʼmolchilar oʻrtasidagi asosiy uzoq muddatli shartnomalar saqlanib qoldi va ular rejadagidek amalga oshirilmoqda, dedi Jolmagambetov.

Qayd etilishicha, Qozogʻiston Rossiya bozorini Sharqiy Yevropa, Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berish bilan almashtiradi.

Turar Jolmagambetovning soʻzlariga koʻra, Latviyaga eksport 368 barobarga (yanvar-aprelda 1 mln tonnagacha), Polshaga (950 ming tonna) 80,5%ga oshgan. Turkiyaga yetkazib berish 560%ga (519,5 ming tonnagacha) oshdi.

Qozog‘iston qo‘shni Qirg‘iziston (19%ga, 358,4 ming tonnagacha) va O‘zbekistonga (2,8 barobar, 255,3 ming tonnagacha) yetkazib berish hajmini oshirmoqda.

“Qozogʻistonning bir qator yetakchi oʻyinchilari chegaradosh mamlakatlarga yiliga 15 mln tonnagacha koʻmir eksport qilish boʻyicha yangi shartnomalar ustida ishlamoqda. Yetkazib berish 2025 yilda boshlanadi”, — dedi Jolmagambetov.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona tranziti tartibini soddalashtirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek, ikki davlat chegarasida Yagona oyna loyihasini amalga oshiriladi.