“Telegram"da iyul oyi boshidan Storieslar qo‘yish funksiyasi ishga tushiriladi, deya xabar berdi ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov.

“Ko‘p yillar davomida foydalanuvchilarimiz bizdan “Telegram"da Storiesni joriy etishimizni so‘rashdi. Bizga kelgan barcha funksiya soʻrovlarining yarmidan koʻpi Stories bilan bogʻliq”, — degan Duriv “Telegram"dagi kanalida.

“Dastlab, biz bunga qarshi edik, chunki bu funksiya allaqachon hamma joyda bor. Biroq, agar biz foydalanuvchilarni tinglamaganimizda va mavjud formatlarda yangilik kiritmaganimizda Telegram Telegram bo‘lmas edi”, degan u.

Messenjerdagi hikoyalarni foydalanuvchilar barcha yoki alohida kontaktlar yoki yaqin do‘stlar ro‘yxati ko‘rishi uchun sozlashlari mumkin bo‘ladi.

Hikoyalar chat ro‘yxatining yuqori qismidagi kengaytiriladigan bo‘limga joylashtiriladi, bu esa katta joyni egallamasdan ularga osongina kirish imkonini beradi.

Fotosuratlar va videolarni tahrirlash vositalaridan foydalanish bilan bir qatorda, ko‘proq kontekst yoki havolalar qo‘shish va boshqa odamlarni belgilash uchun hikoyalarga taglavhalarni taqdim etish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, hikoyalar muddatini 6, 12, 24 yoki 48 soatgacha belgilash yoki profil sahifasida har birining shaxsiy maxfiylik sozlamalari bilan doimiy ravishda hikoyalarni ko‘rsatish mumkin.

Smartfonning old va asosiy kameralari bilan parallel ravishda hikoyalarga surat yoki video qo‘shish mumkin bo‘ladi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, hikoyalar so‘nggi sinov bosqichida va iyul oyi boshida ishga tushiriladi.

“Bu Telegramda yangi davrdan xabar beradi, u yerda hozirgidan ham qiziqarli va ijtimoiyroq bo‘ladi”, — deya qayd etgan u.


Avvalroq “Spot” “Telegram” navbatdagi yangilanishlarni taqdim etgani haqida yozgandi.