Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.

O‘tgan besh oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlat sifatida Xitoy turibdi. Mamlakatdan bu davrda jami 3 480 ta elektromobil olib kelingan.

Undan keyingi kuchli uchlikda esa Gonkong (256 ta) hamda Germaniya (42 ta) turibdi.

Shuningdek, aholi tomonidan BAA (16 ta), Koreya (11 ta) hamda AQSH (6 ta) dan elektromobillar xarid qilingan.

Dastlabki uch oyda mamlakatga xorijdan qiymati $54,7 mlnga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilingandi.

To‘rt oyda O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillar soni 2,5 mingdan oshgani xabar berilgandi.

O‘tgan to‘rt oyda eng ko‘p elektromobil importi Xitoydan amalga oshirilgan. Mamlakatdan bu davrda jami 2 278 ta elektromobil olib kelingan.


Avvalroq “Spot” joriy yilda hududlarda 900 ta elektromobillarni quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishi haqida yozgandi.