30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar Toshkentdagi jamoat transportlaridan bepul foydalanishlari mumkin. Bu haqda potaxt hokimligi xabar berdi.

“Toshshahartransxizmat"ning qayd etishicha, bu Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi 103-sonli majlis bayoni qaroriga asosan belgilangan.

Avvalroq, Yoshlar kuni munosabati bilan “Uzbekistan Airways” hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 15% chegirma e’lon qilgandi.


“Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga 50%gacha chegirma e’lon qildi.

Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.

Bundan tashqari “Silk Avia” Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalariga 30%gacha chegirma e’lon qildi.

Chegirmalar 27-iyundan 2-iyulgacha mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi.