“Uzbekistan GTL” direktori lavozimiga Bahadirov Alisher tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alisher Bahadirov shu kungacha, “O‘zbekneftgaz"da Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

U o‘z faoliyatini 2000-yilda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho‘ba korxonasi polietilen sexi kuzatuvchisi, smena muhandisligidan boshlagan.

O‘tgan yillar davomida — “O‘zbekneftgaz"da uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislardan hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” sobiq energetika vaziri Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqida yozgandi.