1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilgi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarni my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyulgacha (shu kuni ham) onlayn topshirishlari mumkin.
Buning uchun platformaga quyidagilar kiritiladi:
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari;
- 3x4 hajmidagi fotosurat.
Mamlakatda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlangandi.
Shundan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 93 310 ta, dual ta’lim shakli bo‘yicha esa 4 732 ta kvota ajratilgan.
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kvotani bu yerdan yuklab olish mumkin.
Duak ta’lim shakli bo‘yicha kvotani bu yerdan yuklab olish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Avvalroq joriy yilda ham texnikumni tamomlaganlar suhbat asosida OTMning 2-kursiga qabul qilinishi haqida xabar berilgandi.