Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilning yanvar-may oylaridagi O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 8,5%ga o‘sib, $3 mlrdga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 11,6%ini tashkil etadi.

markaziy osiyo, o'zbekiston, tashqi savdo aylanmasi

Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport $1,2 mlrd.ni (o‘sish 9,1%), import esa $1,8 mlrdni (o‘sish 8%) tashkil etdi.

2023-yilning may oyi yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi:

  • Qozog‘iston bilan $1,9 mlrdni (o‘sish 10,4%) tashkil etib, eksport hajmi $576,7 mlnga, import hajmi esa $1,4 mlnga;
  • Qirg‘iziston bilan $418,9 mlnni tashkil etib, eksport hajmi $306,0 mln.ga, import hajmi esa $112,9 mlnga;
  • Turkmaniston bilan $363,5 mlnni (o‘sish 3,5%) tashkil etib, eksport hajmi $64,4 mlnga, import hajmi esa $299,1 mlnga;
  • Tojikiston bilan $287,6 mlnni (o‘sish 29,2) tashkil etib, eksport hajmi $235,3 mln.ga, import hajmi esa $52,3 mlnga yetdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi — 64%, qolgan qismi: Qirg‘iziston — 14%, Turkmaniston — 12%, Tojikiston — 10%.


Avvalroq “Spot” yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi $19,57 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.