Janubiy Koreyaning Kvanju fan va texnologiya instituti (GIST) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura va PhD uchun hujjat topshirishlari mumkin.
Hozirda 2024-yilning bahorgi semestri uchun qabul jarayoni kechmoqda. Magistratura muddati 2 yil, PhD darajasi esa 4 yilni tashkil etadi.
Qabul qilingan talabalar to‘liq o‘qish to‘lovidan ozod etilib, quyidagicha oylik stipendiya ajratiladi:
- magistratura uchun oyiga $110;
- PhD uchun oyiga $225.
Shuningdek, Koreya milliy sog‘liq sug‘urtasi to‘lovining 60%i qoplab berilib, yil davomida tibbiy ko‘riklardan bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bir tomonlama aviabilet xarajatlari ham qoplab beriladi.
Bundan tashqari, barcha darajadagi talabalarga qo‘shimcha $77 miqdorida oziq-ovqat uchun oylik mablag‘ ajratiladi.
Yangi qabul qilingan talabalardan $520 miqdorida bir martalik o‘qish to‘lovi undiriladi. Ayrim talabalar bu to‘lovdan ozod qilinishi mumkin.
Stipendiya uchun quyidagi hujjatlarni onlayn jo‘natish kerak:
- diplom va rasmiy transkript (notarial tasdiqlangan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi kerak);
- 2 ta tavsiyanoma;
- Ingliz tilini bilish sertifikati (TOEFL 80, IELTS 6.5 va boshqalar)
- Pasport nusxasi.
Arizalarni joriy yilning 15-oktabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq Polshaning Vistula universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Arizalarni joriy yilning 1-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin.