Adliya vazirligiga “Mars”, “Incorporated” (AQSh) kompaniyasining ishonchli vakili “Snickers” hamda “Bounty” tovar belgilaridan “A.B” MChJ tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalanib kelayotganligi yuzasidan chora ko‘rish to‘g‘risida murojaat etgan.
Kompaniyaga tegishli “Snickers”, “Bounty” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida fonetik, hamda grafik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “Snikers”, “Bount” belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar (muzqaymoq) ishlab chiqarib, savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha “A.B” MChJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismi ishni ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborildi.
Shuningdek, kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
Avvalroq “Spot” iste’molga yaroqsiz tovarlar haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi haqida yozgandi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinib, vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.