Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda yangi mobil operator faoliyatini boshlashi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Uning nomi — “OQ” boʻlib, bu haqida operator oʻzining sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon bergan.
Qayd etilishicha, “OQ” brendi ostidagi operator ham “Humans” aloqa operatori kabi virtual tarzda faoliyat yuritadi.
Shuningdek, hozirda “Beeline” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Unitel"ning aloqa uskunalaridan foydalanadi.
Bundan tashqari, operator saytida, kompaniya “Beeline"(Unitel)ga tegishli ekanligi yozilgan.
Bundan oldin 2020-yil iyun oyida “Humans” kompaniyasi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn to‘lov vitrinalarini birlashtirgan moliyaviy texnik ilovasining birinchi versiyasini taqdim etgandi.
Avgust oyidan boshlab esa “Humans” O‘zbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatori sifatida faoliyatini boshladi.