Toshkent hududidagi shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda belgilangan tartibda O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi:

Xususan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha takliflarni joriy yilning 31-iyuligacha, qolgan ikkita yo‘nalish bo‘yicha esa 2-avgustgacha jo‘natish kerak.

Tenderda qatnashish uchun takliflar e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 60 va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlar axborot tizimiga kiritilishi mumkin.

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun uni tashkil etish, shu jumladan OAVda e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 30%i miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda takliflar taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Batafsil ma’lumotni Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining (+99871) 202−05−01 (308) telefon raqamlari orqali olish mumkin.


Avvalroq quyosh panellarini qurish bo‘yicha tender bekor qilinib, qaytadan tanlov e’lon qilingandi.