“HUMO” to‘lov tizimidagi bankomatlarda “UZCARD” kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar soni 27 taga yetdi. Bu haqda “Humo” markazi rasmiy saytida keltirilgan.
Unga ko‘ra, mazkur xizmatdan quyidagi banklarning bankomatlari orqali foydalanish mumkin:
- “Kapital Bank”;
- “Xalq Bank”;
- “Agro Bank”;
- “Aloqa Bank”;
- “Ipoteka Bank”;
- “Mikrokredit Bank”;
- “Hamkor Bank”;
- “Qishloq Qurilish Bank”;
- “InfinBank”;
- "Asia Alliance Bank";
- “Garant Bank”;
- “Tenge Bank”;
- “Trast Bank”;
- “Turon Bank”;
- “Milliy Bank”;
- “Asaka Bank”;
- “Universal Bank”;
- “Ziraat Bank”;
- “Orient-Finans Bank”;
- “Saderat Bank”;
- “Ravnaq Bank”;
- “Davr Bank”;
- “Madad Invest bank”;
- “Poytaxt bank”;
- “Ipak yo‘li bank”;
- “KDB bank”;
- “SQB”.
Mazkur banklar qatorida “O‘zagroeksportbank” bankomatlari mavjud emas. Shu bilan, bankomat o‘rnatgan deyarli barcha banklarda integratsiya jarayoni yakunlandi.
May oyi boshida “UZCARD” va “HUMO"ning integratsiya ishlari yakunlanib, barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash 1-iyundan boshlanishi ma’lum qilingandi.
Dastlab, pilot rejimda ikkita — “UZCARD"ga ulangan va “HUMO” bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” bankomati hamda “HUMO"ga ulangan va “UZCARD” kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” bankomatlari ishlayotgandi.
Iyun oyi boshida esa mazkur xizmatdan 16 ta bank bankomatlari orqali foydalanish imkoniyati yaratildi.
“Humo” hamda “UZCARD” kompaniyalarining integratsiyalashuvi 2020-yilda rejalashtirilgandi. 2021-yilga kelib tomonlar bu bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
2021-yilning dekabriga kelib, tomonlar integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi hamda to‘lov tizimi terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlashi haqida ma’lum qilindi.
Bunda to‘lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlashi nazarda tutilgandi.
Joriy yilning mart oyida “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyasini yil yakuniga qadar amalga oshirish bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.