Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Unda nomzod saylovchilarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirib, tashbbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri bo‘yicha besh strategik maqsadi quyidagicha:


“Bugungi kunda poytaxtimizda yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qiladi. Kelgusi yetti yilda bu hududni 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazamiz”, — dedi nomzod.

Buning uchun quyidagilar amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda:

  • shahar bo‘ylab har yili kamida 1 mln dona manzarali, mevali ko‘chatlar va qalamchalar ekiladi;
  • har bir mahallada 1 mingtadan daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettiriladi;
  • Yashnobod, Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 4 ming gektar maydonda yashil va “tematik” bog‘lar barpo qilinadi.

Shuningdek, shahar bo‘ylab 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi.

Anhor bo‘yida umumiy maydoni 60 km sayilgoh tashkil etiladi.


Yangi Toshkent hududidagi 50 gektar maydonda yirik “Akva park” quriladi.

Buning uchun $200 mln mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, nomzodning ta’kidlashicha, Yangi Toshkent hududida umumiy maydoni 35 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l tashkil qilinib, odamlarimizning madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


2030-yilga qadar havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini 150 ming tonna yoki 50%ga qisqartirish ilgari surilmoqda.

Jumladan, qo‘shimcha 1 200 ta elektrobus olib kelinadi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50%ga yetkaziladi.

“Qolgan avtobuslar zararli chiqindisi 3 barobar kam bo‘lgan tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkaziladi. Ya’ni, dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi”, — dedi nomzod.


Shavkat Mirziyoyev Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi oqova suvlar bilan bog‘liq ekologik holatni yaxshilashga oid rejalarni ma’lum qildi.

Xususan, kuniga 1,5 mln kub metr oqova suv tozalash quvvatiga ega yangi inshoot barpo qilinadi.

Bunga BAA Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi $240 mln investitsiya kiritishga tayyorligi qayd etildi.


“Yo‘l-transport boshqaruvini raqamlashtirish hisobiga “xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili joriy qilinadi.

Bunda, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tirbandlikni kamaytirish maqsadida:

  • barcha chorrahalarda (605 ta) “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi amalga kiritiladi (hozir — 64 ta);
  • shaharga 5 ta kirish joyida va yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan 6 ta metro bekati atrofida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil qilinadi;
  • tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarda 12 ta yo‘l o‘tkazgich quriladi, yo‘llar bo‘yida 3 ming o‘ringa ega zamonaviy parkomatlar o‘rnatiladi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Do‘stlik metro bekatidan “Yangi Toshkent"ga qadar uzunligi 15 kilometr bo‘lgan, 115 ming yo‘lovchi tashish quvvatiga ega yer usti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi.


Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish uchun ijodiy buyurtma berilib, mualliflarga 100 mln so‘mdan qalam haqi to‘lanadi.

Bu kitoblar 20 ming nusxadan nashr qilinib, maktablar va kutubxonalarga bepul beriladi. Bunga har yili 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 mlnga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.

“Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq ta’mirlanadi. Shu maqsadda 500 mlrd so‘m ajratamiz”, — dedi nomzod.


“Biz madaniyat va san’at sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz”, — dedi nomzod.

Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, 2030-yilga qadar madaniyat va san’at sohalari vakillari hamda adiblar uchun yangi qurilayotgan uy-joy massivlaridan 10 mingta xonadon imtiyozli shartlarda beriladi.


Shu bilan birga, strategik maqsadda $5 mlrd.lik 2 mingga yaqin innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilanmoqda.

Biznes loyihalarni qo‘llab-quivvatlash uchun 300 trln so‘m, eksportni rag‘batlantirishga 1 trln so‘m subsidiya hamda $150 mln imtiyozli kreditlar yo‘naltiriladi.