Avvalroq To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilayotgani ahqida xabar berilgandi.

Energetika vazirligi mazkur issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 1,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

E’tiborlisi, elektr stansiyasi o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.

Avvalroq Navoiy IESda quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur stansiyada yiliga 1,8 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


Avvalroq “Spot” “Farg‘ona IEM"da 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.