Joriy yilning 3-avgustidan “Uzbekistan Airways” Toshkent-Bangkok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentdan Bangkokka parvozlar haftasiga ikki marta — har dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bangkokdan Toshkentga esa qatnov seshanba va juma kunlari harakatlanadi.
Aviachiptalarni kompaniya rasmiy sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” mobil ilovasi yoki Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.
Joriy yilning 10-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi pandemiya boshlanganidan beri Toshkentdan Pekinga birinchi reysni amalga oshirdi.
10-fevraldan esa Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi Siyan-Toshkent-Siyan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlashi ma’lum qilingandi.
Aprel oyi boshida “Uzbekistan Airways” Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklashi haqida xabar berildi.