Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-may oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmini e’lon qildi.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi boʻyicha Toshkent shahri ($9,8 mlrd), Toshkent viloyati ($2,4 mlrd) va Andijon viloyati ($2,1 mlrd) yetakchilik qilmoqda.
Undan keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati — $1,1 mlrd, Farg‘ona viloyati — $791 mln va Buxoro viloyati — $613 mln bilan turibdi.
Boshqa hududlarda tashqi savdo aylanmasi quyidagi koʻrsatkichlarni qayd etgan:
Qoraqalpog‘iston — $201 mln, Jizzax viloyati — $506 mln, Qashqadaryo viloyati — $240 mln, Navoiy viloyati — $513 mln Namangan viloyati — 530 mln, Surxondaryo viloyati — $124 mln, Sirdaryo viloyati — $376 mln, Xorazm viloyati — $386 mln.
Avvalroq joriy yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi $3 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.
May oyi yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulush Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi — 1,9 mlrd.
Shuningdek, yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $19,57 mlrd.ni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4%ga o‘sgandi.
To‘rt oy davomida eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,2%ga o‘sib, $7,66 mlrd.ni tashkil etdi. Import yanada sezilarli o‘sdi — 18,6%ga $11,91 mlrd.ni tashkil etdi. Tashqi savdoning salbiy saldosi $4,25 mlrd.ga yetdi.
Aprel oyida O‘zbekiston oltin eksportini $650 mln.gacha qisqartirdi. Xorijga qimmatbaho metal yetkazib berishning umumiy hajmi $3,06 mlrd.ni tashkil etdi.
Xitoy $3,3 mlrd (umumiy savdoning deyarli 17%i) bilan O‘zbekistonning birinchi savdo hamkori bo‘lib qolmoqda, shundan Xitoy importi $2,72 mlrd.i tashkil etdi.
Rossiya O‘zbekiston tovarlarining asosiy eksport bozori ($585,4 mln) o‘z o‘rnini va ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Import esa ($2,15 mlrd).