O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga mamlakat zaxiralari $650 mlnga kamayib, $33,7 mlrdni tashkil etgan.
Xususan, valyuta aktivlari miqdori $9,6 mlrd.ni tashkil etdi — bu statistika e’lon qilingan butun vaqt uchun rekord darajada past ko‘rsatkich.
Oxirgi bir oy ichida u $514 mlnga kamayib, ikki oy ketma-ket $10 mlrd.dan past ko‘rsatkichni saqlab qoldi.
Shu bilan birga, iyul oyi boshida mamlakat oltin zaxiralari biroz qisqarib, $23,08 mlrdni tashkil etdi. O‘tgan oyga nisbatan uning qiymati $137 mln.ga kamaygan.
May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin savdosi bilan dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu esa Qozog‘iston va Germaniyadan keyingi ko‘rsatkichlardan 5,5 barobar yuqori.